Kontent yarat. Ko‘rishlar to‘pla. Pul top.

Tutoro - sun’iy intellekt yordamida ingliz tilini o‘rganish ilovasi. Video ol yoki tayyor roliklarni montaj qil, Tutoro haqida gapir va ko‘rishlar hamda sen orqali kelgan har bir pullik obunachidan daromad ol.

Ariza yubor

Qanday ishlashini bilib ol

Qancha topishing mumkin

Qancha pul topishing mumkin?

Haftasiga joylaydigan videolaring soni

Har bir video uchun o‘rtacha ko‘rishlar soni

video joylaydigan barcha platformalaring bo‘yicha

Videolaringni qayerga joylaysan

Videoni qayerga joylasang ham, ko‘rishlar uchun bir xil haq olasan. Faqat ko‘rishlarni qanday hisobga olishimiz platformaga qarab farq qiladi.

Hisobini o‘zimiz yuritamiz

Havolani o‘zing kiritasan

Taxminiy oylik daromading

Bu taxminiy hisob, daromad kafolati emas. Videodan pul ishlashing uchun uning ko‘rishlari 3,000 dan oshishi va moderator uni tekshirib, ma’qullashi kerak.

Ariza yubor

Bronze

Silver

Gold

Platina

Diamond

YouTube

TikTok

Instagram

Facebook

Obunachilaring kammi? Muammo emas.

Obunaching qancha bo‘lishi muhim emas. Saralashdan o‘tish ham shart emas. Video ol, tayyor roliklarni montaj qil yoki shunchaki referal havolangni ulash. Har kim o‘ziga mos yo‘l bilan pul topishi mumkin.

  • Kontent kreatori

    O‘z videolaringni ol, ommabop trendlarni o‘z uslubingda takrorla va Tutoro’ni kontentingga tabiiy qo‘shib ket.

  • Montajchi

    Ommabop videolar va diqqatni tortadigan g‘oyalarni top, o‘zingcha montaj qil va kutubxonamizdagi Tutoro lavhalarini qo‘sh.

  • Hamkor

    Havolang yoki kodingni auditoriyang bor joylarda ulash. Sen orqali kelib, pulli obuna olgan har bir foydalanuvchi uchun haq ol.

Don't waste opportunity

Ariza yubor

QANDAY ISHLAYDI

To‘rtta oddiy qadamda pul topishni boshla

Bepul qo‘shil va Tutoro’ni o‘zingga qulay usulda tanit. Kontenting yoki takliflaring orqali pul ishla.

  • Ro‘yxatdan o‘t va referal kodingni ol

    Bepul ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingga tegishli kodni ol. Shaxsiy kabineting va kontent kutubxonasi ham darhol ochiladi.

  • Tutoro’ni qanday reklama qilishni o‘zing tanla

    O‘zing video ol, kutubxonamizdagi materiallar bilan ommabop roliklarni montaj qil yoki shunchaki referal havolang yoki kodingni ulash.

  • Video joyla, reklama qil va daromadingni kuzat

    Video tavsifida Tutoro haqida talabga mos tarzda yoz va referal kodingni ulash. Shaxsiy kabinetingda haq to‘lanadigan ko‘rishlar, sen taklif qilganlar va daromadingni kuzat.

  • Daromadingni ol

    Daromadingni kuzatib bor. Pulni to‘g‘ridan to‘g‘ri PayPal, Wise yoki bank hisobingga chiqarish uchun so‘rov yubor.

Pul topishni boshlashing uchun hammasi bor

Tayyor materiallardan foydalan, qancha haq olishingni oldindan bil va natijalaringni shaxsiy kabinetingda kuzat. Natijalaring yaxshilangani sari bonuslaring ham oshadi.

  • Ko‘rishlar va taklif qilgan foydalanuvchilaring uchun pul ol.

    Shartlarga mos har 1,000 ta ko‘rish uchun pul ishla, sen taklif qilgan pulli obunachilar uchun esa qo‘shimcha bonus ol. Daromadingni kuzatib bor va pulingni PayPal, Wise yoki bank o‘tkazmasi orqali yechib ol.

  • Video tayyorlash uchun hammasi bor

    Kutubxonadan diqqatni tortadigan kirish g‘oyalari, ilova ekranidan yozib olingan videolar, tayyor lavhalar va ssenariylarni ol. Hammasini o‘zing suratga olmasdan, videolarni tezroq tayyorla.

  • Barcha natijalaring bir joyda.

    Shaxsiy kabinetingda ko‘rishlar, taklifing bilan kelganlar va daromadingni kuzat. Qaysi usul yaxshi natija berayotgani va qancha pul topayotganing darrov ko‘rinadi.

  • Natijang oshgani sari daromading ham oshadi.

    Yuqori ligalarga chiqib, natijalaring uchun ko‘proq haq ol. Ligang qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p pul topishing mumkin.

Ligadagi o‘rningni har oy qayta tasdiqlaysan: kerakli miqdorda obuna to‘pla va keyingi oy davomida o‘sha ligada bo‘l. Birinchi oyda esa boshlang‘ich o‘rning aniqlanadi, shuning uchun faqat yuqoriga ko‘tarilishing mumkin, pastga tushmaysan.

ILOVA

Reklama qiladigan ilovang bilan tanish

Tutoro bilan ingliz tilini shaxsiy AI ustozing yordamida, to‘laqonli darslarda o‘rganasan. Gapirish, tinglab tushunish va o‘qishni mashq qilasan, darhol fikr va tavsiyalar olasan, o‘yinli topshiriqlar esa o‘rganishga qiziqishingni saqlab turadi.

  • Haqiqiy dars: ovoz chiqarib gapir

    Sen gapirasan. Ustozing javob beradi, tushuntiradi va suhbat davomida mashqlar berib boradi.

  • Istalgan vaziyatda mashq qil

    Ishga kirish suhbatini yoki shifokor qabulida gaplashishni mashq qil, sarguzashtga otlan yoki o‘z ssenariyingni o‘yla.

  • Kim bilan gaplashishni o‘zing tanla

    Har bir ustozning aksenti ham, fe’l-atvori ham boshqacha. Suhbati o‘zingga yoqqanini tanla.

  • Nima ustida ishlashni aniq bil

    Har darsdan keyin to‘plagan ballaringni ko‘r va qaysi xatolarni takrorlayotganingni bilib ol.

  • So‘zlar yodingda qoladi

    Unuta boshlagan so‘zlaringni kichik o‘yinlarda qayta uchratasan, toki yaxshilab eslab qolguningcha.

  • Cheksiz lenta emas, aniq yo‘l

    Har bir dars bilan xaritada oldinga siljiysan. Bir olamni tugatsang, keyingisi ochiladi.

  • Yangi darajaga chiq. O‘yinda ham.

    O‘z qahramoningni yarat. Har bir dars bilan uning darajasi oshadi va u yuqori ligalarga ko‘tariladi.

Kontent kreatorlari Tutoro bilan qanday pul topayotganini ko‘r

Boshqa kontent kreatorlari Tutoro’ni qanday tanitayotganini ko‘r: kimdir o‘zi video oladi, kimdir noodatiy montaj qiladi. Ilhom ol va o‘z videongni yarat.

  • Marta Kowalczyk

    @martacuts

    TikTok

  • Deniz Aksoy

    @denizspeaks

    YouTube

  • Ifeoma Balogun

    @ifeomastudies

    Instagram

  • Rafael Queiroz

    @rafacorta

    TikTok

  • Hoang Minh Tu

    @tuhoclish

    YouTube

  • Sofia Marchetti

    @sofiaonmute

    Instagram

Kontent ijodkorlarining fikrlari

Tutoro’ni reklama qilayotganlardan bir og‘iz fikr.

  • Qo‘shilish juda oson ekan. Ro‘yxatdan o‘tdim, kodimni oldim va o‘sha kuniyoq video joylashni boshladim.

  • Obunachilar soniga talab yo‘qligi menga yoqdi. Kichik blogim bilan ham bemalol qo‘shila olaman.

  • Shaxsiy kabinetda hammasi tushunarli. Qancha topganim, qancha pul hali kutishda turgani va uni qachon olishim mumkinligini ko‘rib turaman.

  • Bu yerda ko‘rishlar uchun ham, obunalar uchun ham pul olaman. Oddiy hamkorlik dasturidan ancha qiziqroq.

  • Tayyor roliklar bilan montajga ancha kam vaqt ketadi. Ularni xohlaganimcha o‘zgartirib, sahifam uslubiga moslay olaman.

  • Dastur shartlari oddiy, to‘lovi ham yaxshi. Kutubxonaga yana ko‘proq material qo‘shilsa, zo‘r bo‘lardi.

  • Asosan hamkorlik kodi uchun qo‘shilgandim. Ko‘rishlar uchun ham pul olishim esa yoqimli bonus bo‘ldi.

  • Ligalar borligi ishni qiziqarli qiladi. Keyingi ligaga oz qolganini ko‘rsam, yana video joylagim keladi.

  • Obunachilarim uncha ko‘p emas. Qatnashish uchun obunachilar soniga talab yo‘qligini bilib, sinab ko‘rishga qaror qildim.

  • Hammasi oson: video joylayman, tutoro.pro havolasini qo‘shaman. Ko‘rishlar ham, qolgan ma’lumotlar ham shaxsiy kabinetimda ko‘rinib turadi.

  • Boshlashim bilan berilgan $10 bonus meni xursand qildi. Eng muhimi, pul qanday hisoblanishini darrov tushundim.

  • O‘zim kameraga tushishdan ko‘ra, ko‘proq qisqa videolarni montaj qilaman. Shuning uchun tayyor roliklar kutubxonasi menga juda qo‘l keladi.

  • G‘oyasi zo‘r, qo‘shilish ham juda oson bo‘ldi. Pulni olish uchun biroz uzoq kutishga to‘g‘ri keladi, lekin hamma shartlar aniq tushuntirilgan.

  • Videolarimni ko‘rib obuna bo‘lishni boshlashgach, obuna bonuslari daromadimni ancha oshirdi.

  • Bir nechta hamkorlik platformasini sinab ko‘rganman. Bu yerda hisob-kitob ancha ochiq: har bir tushgan pul alohida ko‘rinadi.

  • Eng yoqqani, obunachilaring kam bo‘lsa ham darrov boshlashing mumkin. Avval o‘zingni ko‘rsatib, nimagadir loyiqligingni isbotlashing shart emas.

  • Hammasi shunchalik oddiyki, yo‘riqnoma ham kerak bo‘lmadi. Bir necha daqiqada ro‘yxatdan o‘tib, kodimni oldim.

  • Kodimni profilimga va elektron xatlarimga qo‘shib qo‘yganman. Video olishga vaqtim bo‘lmasa ham dasturda qatnashaveraman.

  • Men uchun Tutoro shu jihati bilan ajralib turadi: ko‘rishlardan ham pul topaman, yangi obunalar uchun ham bonus olaman.

  • Bu dasturdan umidim katta. Ayniqsa, keyingi ligaga qanday chiqishim va har bir to‘lov nimaga berilganini aniq ko‘rib turishim yoqadi.

  • Boshlaganimda TikTok sahifamda obunachilar kam edi. Shunga qaramay, dastur menga o‘xshagan kontent kreatorlariga ham mosligini darrov sezdim.

  • Hamma daromadim bir joyda ko‘rinadi. Qaysi videodan qancha pul tushganini darrov bilaman.

  • Tezda biror narsa joylash kerak bo‘lsa, kontent kutubxonasi juda qo‘l keladi. Tayyor rolikni olaman, tahrirlayman va joylayman.

  • Tutoro haqida qanday gapirishni o‘zim tanlashim yoqadi. Butun vaqtimni kontent tayyorlashga bag‘ishlashim shart emas.

  • Yuqoriroq ligaga o‘tgach, daromadim ancha oshdi. Endi intilishga arziydigan aniq maqsadim bor.

  • Bu dasturda kontent kreatorlari uchun hamma narsa o‘ylangan. Qo‘shilish bepul, obunachilar soni muhim emas, pul topishning esa bir nechta yo‘li bor.

  • Hozircha hammasi yoqyapti. Asosan videolardan pul ishlash uchun qo‘shilgandim, ko‘rishlar va daromadni kuzatish juda qulay ekan.

  • Kutishdagi pulimni qachon olishim mumkinligini aniq bilaman. Kichkina narsa, lekin shuning o‘zi dasturga ishonchimni ancha oshiradi.

  • Faqat influenserlarni emas, montajchilar va referal hamkorlarni ham o‘ylashgan. Ular ham bemalol qatnasha oladi. Yaxshi o‘ylangan ekan.

  • Kontent kreatorlar uchun sinab ko‘rgan dasturlarim orasida eng oddiysi shu bo‘lsa kerak. Boshlash tez, qoidalari tushunarli, pul topishning ham bir nechta yo‘li bor.

Savollaring bormi? Javob beramiz

  • Obunachilarim soni bo‘yicha talab bormi?

    Yo‘q. Dasturda qatnashish uchun kuzatuvchilaring soni muhim emas. Talab faqat videoga qo‘yiladi: u 3,000 marta ko‘rilishi kerak. Yangi akkauntdagi video uchun ham, mashhur blogerning videosi uchun ham qoida bir xil.

  • Videolarni o‘zim olishim shartmi?

    O‘zing tanla! O‘z videolaringni suratga ol, trendlarga qo‘shil yoki kutubxonamizdagi materiallardan roliklar montaj qil. Yuzingni ko‘rsatishing ham, o‘zing biror narsa suratga olishing ham shart emas.

  • Video tayyorlamasdan ham pul topsam bo‘ladimi?

    Albatta! Shaxsiy referal havolang yoki kodingni ulash. Sen taklif qilgan odam Tutoro uchun pulli obuna olganida, sen ham pul ishlaysan. Ilova ishga tushgach, obunalarni hisobga olishni boshlaymiz va ular uchun daromad ham o‘shandan hisoblana boshlaydi.

  • Qanday pul topaman?

    Videong 3,000 marta ko‘rilgach, shartlarga mos ko‘rishlar uchun pul ishlaysan. Sen taklif qilgan har bir pulli obunachi uchun ham haq olasan. Obunalardan daromad olish uchun ko‘rishlar soniga talab yo‘q, hatto video tayyorlamasdan ham pul ishlashing mumkin. Ilova ishga tushgach, obunalarni hisobga olishni boshlaymiz va ular uchun daromad ham o‘shandan hisoblana boshlaydi.

  • Videolarimda nimalar bo‘lishi kerak?

    O‘z uslubingda ijod qil. Videongda Tutoro ilovasini ko‘rsat va video izohiga tutoro.pro ni yoz. Sen orqali kelgan obunachilardan ham daromad olish uchun referal kodingni qo‘sh.

  • O‘z tilimda video joylasam bo‘ladimi?

    Ha! Tutoro ilovasidan o‘nlab mamlakatlarda foydalanishadi, bemalol o‘zingga qulay tilda video tayyorla. Kutubxonamizda bir nechta tildagi ssenariylar bor. Qaysi tilda video joylasang ham, kalit so‘z o‘zgarmaydi.

  • Video ko‘rishlari qanday hisoblanadi?

    YouTube yoki TikTok hisobingni ula. Sarlavhasi yoki tavsifida tutoro.pro bor videolarning ko‘rishlar sonini avtomatik kuzatamiz. Instagram va Facebook uchun har bir video havolasini shaxsiy kabineting orqali qo‘sh. Videong tekshiruvdan o‘tib, 3,000 marta ko‘rilgach, undan daromad olishni boshlaysan.

  • Pulimni qachon va qanday olaman?

    Daromadingni shaxsiy kabinetingda kuzatib bor. Yechib olish mumkin bo‘lgan mablag‘ kamida $20 ga yetgach, PayPal, Wise yoki bank o‘tkazmasi orqali to‘lov so‘ra. Pulni o‘zimiz yuboramiz, odatda bir necha ish kuni ichida.

  • Boshqa kontent kreatorlarining videolaridan foydalansam bo‘ladimi?

    Kutubxonamizdagi materiallardan yoki foydalanishga ruxsating bor boshqa videolardan lavhalar olib, rolik montaj qilishing mumkin. O‘zingdan ham ijodiy g‘oya qo‘sh va videoda Tutoro ilovasini ko‘rsat.

Tutoro bilan pul topishni boshla

O‘z videolaringni suratga ol, tayyor lavhalardan roliklar montaj qil yoki shunchaki referal kodingni ulash. Shartlarga mos ko‘rishlar va sen taklif qilgan har bir pulli obunachi uchun haq ol. Bepul qo‘shil va pul ishlashni boshla.

Ariza yubor

Kontent kreatorlari uchun shartlarni o‘qi